Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘lib o‘tgan ikki itning to‘yiga besh ming kishi yig‘ildi, deb xabar bermoqda Mashable. Tantana Pavara qishlog‘ida mahalliy hind marosimi bilan bir vaqtda o‘tkazilgan.
“Kuyov” gullar bilan maxsus bezatilgan mashina kelgan. To‘y vaqtida “kelin”ning xo‘jayini Jung Bahodur ko‘ziga yosh oldi. “Axir u mening itim, qizimdek bo‘lib qolgan”, — dedi Bahodur.
Tantanaga mahalliy didjyey taklif qilindi, mehmonlar esa miriqib raqs tushishdi.
Nashrning yozishicha, bu to‘y har qanday hind to‘yidan kam bo‘lmagan tarzda kechgan. Bazm yakunlangach, “kelin-kuyov”lar mashinaga o‘tirib, jo‘nab ketishgan.