O‘tgan haftada Vazirlar Mahkamasi tomonidan 26 fevral kuni qabul qilingan qaror ommaga e'lon qilindi. Unga ko‘ra, Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga O‘zbekistonning boshqa hududlaridan kelgan fuqarolarga vaqtinchalik bir martalik ish bilan shug‘ullanish uchun guvohnoma beriladi. O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarining Toshkent shahrida vaqtincha bo‘lishini nazorat qilish ishlari bilan shug‘ullanish hududlardagi "Militsiya tayanch punkti"dan "Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi" ixtiyoriga o‘tkazildi.
Shuningdek, o‘tgan haftadan Navro‘z bayramiga tayyorgarlik ishlari boshlandi, hafta oxirida esa umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi.
Davlat Raqobat qo‘mitasi esa O‘zbekistonda avtomobil oldi-sotdisi osonlashtirilishidan xabar berdi. Shu kunlarda GM Uzbekistan Chevrolet Aveo ishlab chiqariladigan sanani ma'lum qildi.
Shu va boshqa xabarlar quyida eslatib o‘tiladi.
Toshkent shahrida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish tartibi o‘zgartirildi
Toshkentga bir martalik ish uchun keluvchilarga guvohnomalar beriladi
Chet elda mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik muhojirlar ish staji O‘zbekistonda hisobga olinadi
IIV: “Tozalash” tadbiri uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqda
Davlat Raqobat qo‘mitasi: O‘zbekistonda avtomobil oldi-sotdisi osonlashtiriladi
GM Uzbekistan Chevrolet Aveo ishlab chiqariladigan sanani ma'lum qildi
O‘zbekistondagi reklamalarda behayo sahnalar taqiqlanadi
O‘zbekistonda internet tezligi keskin tushib ketish sabablari ma'lum qilindi
Oila bilan ko‘rib bo‘lmaydigan tomosha yoki bizni “dumalatgan” uyatsiz gaplar