Farg‘onada mast holda fuqaroning "Nexia"sini haydab olib qochib, avtohalokat sodir etgan qonunbuzar qo‘lga olindi

Jamiyat 21:57 / 14.03.2016 943

Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi fuqaroga tegishli «Nexia» rusumli avtomashina noma'lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.

Farg‘ona viloyatining Toshloq tumani IIBga Yozyovon tumani Tafakkur ko‘chasida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat etib, uning A.Navoiy ko‘chasida joylashgan avtomashina ehtiyot qismlari do‘koni oldida qarovsiz qoldirilgan «Nexia» rusumli avtomashinasini noma'lum shaxs haydab olib qochib ketganligini ma'lum qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida avtomobilni shu tumanning Do‘stlik ko‘chasida istiqomat qiluvchi 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro mast holda haydab ketib, yo‘lda boshqaruvni eplay olmay "Damas" rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgani aniqlangan va ushlangan.

IIV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: