14 mart kuni Moskva vaqt bilan soat 12dan 31 daqiqa o‘tganida Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan «Proton-M» tashuvchi raketasi ExoMars-2016 Rossiya-Yevropa missiyasining ikki apparati bilan start oldi.
ExoMars Marsni tadqiq etish loyihasi bo‘lib, «Roskosmos» va Yevropa kosmik agentligi (ESA) hamkorligida amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida ikki parvoz amalga oshirilishi belgilangandi. ExoMars missiyasi doirasida «Proton-M» Schiaparelli apparati va Trace Gas Orbiter orbital modulini fazoga olib chiqishi kerak. ExoMars-2016 ikki blokdan iborat: orbital va qo‘nish qismlari.
Yerdan Marsgacha yetib borish uchun 7 oy vaqt ketadi. Bu vaqt ichida orbital va qo‘nish qismlari birga bo‘ladi. Keyin esa, shu yilning 16 oktabrida, Mars qobig‘iga kirishdan 3 kun oldin orbital apparat ajraladi va alohida uchish davom etadi.