Yevropa ittifoqi davlatlari Rossiya bilan aloqada 5 tamoyilga amal qilishga kelishdilar

Jahon 22:10 / 14.03.2016 1030

Yevropa ittifoqi davlatlari tashqi ishlar vazirlari Bryusselda Rossiya bilan munosabatlardagi besh tamoyil bo‘yicha kelishib oldilar, deb xabar bermoqda Yevropa ittifoqidagi manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, ular haqida keyinroq Yevropa ittifoqi diplomatiyasi Federika Mogerini boshlig‘i elon qiladi.

“Yevropa ittifoqi Rossiya bilan munosabatlarda amal qiladigan tamoyillar kelishib olindi. Ular beshta: Minsk kelishuvlarining to‘liq bajaralishi Yevropa ittifoqining Rossiyaga nisbatan siyosatida istalgan o‘zgarishlar sharti bo‘lishi; Yevropa ittifoqi sharqiy sheriklari bilan munosabatlarni mustahkamlashi; Yevropa ittifoqi barqarorligini mustahkamlash, Rossiya bilan istalgan harakatlar Yevropa ittifoqi manfaatlariga qurilgan bo‘lishi, shuningdek Rossiya va Yevropa ittifoqidagi odamlar bilan aloqa o‘rnatish, Rossiyadagi fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash kerak”, deb aytdi manba.

Manbaning ta'kidlashicha, bu tamoyillar Mogerini tomonidan bildirilgan, Yevropa ittifoqi davlatlari tashqi ishlar vazirlari esa uni qo‘llab-quvvatlagan.

Ko‘proq yangiliklar: