Erdo‘g‘an terrorchilikka qarshi kurash qat'iyatlik bilan davom ettirilishini aytdi

Jahon 10:21 / 14.03.2016 1773

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Anqarada sodir etilgan terakt qurbonlari oilalariga hamdardlik bildirdi va jabrlanganlarga tezroq tuzalib ketishlarini tiladi, deb aytilmoqda prezidentning saytida joylashtirilgan xabarda.

Xabarda Turkiya mintaqada oxirgi yillardagi beqarorlik tufayli terrorchilar hujumi obektiga aylangani aytilgan.

Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, hujumlar xalqning birdamligi va uyushqoqligiga xavf soladi, shuning uchun terrorchilikka qarshi kurashni davom ettirishda qat'iyatlik yanada oshadi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 34 kishini, jarohatlanganlar soni esa 125 kishini tashkil qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: