Glostershir grafligida yashovchi dizayner ayol otlar uchun dunyodagi birinchi kamzulni yaratdi.
"Dizayner Emma Sendhem-Kingga tvid kostyumini yaratish uchun oddiy odamga tikiladigan matodan 10 baravar ko‘proq mato kerak bo‘ldi", deb xabar berdi The Daily Mail.
Uch qismdan iborat kamzulni Morstid laqabli ot kiyib ko‘rgan. U Cheltenhemda 15 mart kuni bo‘lib o‘tadigan otlarning poyga musobaqasida kiyimni namoyish etib chiqadi.
Buning uchun dizayner to‘rt hafta sarflagan.
“Otlar uchun dunyodagi birinchi tvid kostyumini yaratish mening shu paytgacha qilgan eng qiyin ishlarimdan biri bo‘ldi. Men 18 metrlik Harris Tweed’ning asl nusxadagi matosidan foydalandim”, deydi Sendhem-King.
Harris Tweed matosi Shotlandiyaning Garris, Lyuis, Nort-Uist, Barra orollarida qo‘l mehnati orqali ishlab chiqarilib, 40dan ziyod mamlakatga eksport qilinadi.