Braziliyada 3 mlnga yaqin odam mamlakat prezidenti Dilma Rousseffning iste'foga ketishini talab qilib norozilik namoyishlariga chiqdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Ma'lum qilinishicha, San-Pauluda 1,4 mlnga yaqin odam, Rio-de-Janeyroda esa 1 mlnga yaqin odam ko‘chalarga chiqqan.
Prezidentga qarshi namoyishlar mamlakatning kamida 17 shtatida bo‘lib o‘tgan. Mamlakat poytaxti Braziliada taxminan 100 mingga yaqin odam milliy kongress binosini o‘rab olgan.
Ta'kidlanishicha, bu namoyishlar o‘tgan yilning martidan beri eng yirigi bo‘ldi. O‘shanda bunday namoyishlarda 1 mln ga yaqin, aprelda esa 600 mingga yaqin odam ishtirok etgan.
Braziliya muxolifati prezidentning iste'foga ketishini hamda uning soliq qonunchiligi me'yorlarini buzishi va o‘tgan yildagi qayta saylanishi uchun davlat mablag‘laridan foydalanishi gumoni bilan unga qarshi tergov o‘tkazishni talab qilmoqda.