Boliviyaning shimoli-sharqidagi qishloqda yengil motorli samolyot bozor ustiga qulab tushishi oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘lib, 15 kishi jarohatlangan. Bu haqda El País xabar bergan.
Bu voqea Santa Ana del Yakuma qishlog‘ida ro‘y bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning biri uchuvchi, 3 nafari samolyot yo‘lovchisi. Shuningdek, yerdagilardan 2 kishi - sotuvchi ayollar hodisa qurboniga aylanishgan. Jarohatlanganlarning aksari sotuvchilar va xaridorlar bo‘lishgan.
Listin Diario nashri ma'lumotiga ko‘ra, samolyot bozor qoq markazidagi sotuvchi va xaridorlar ko‘p bo‘lgan bino tomiga qulagan.