Yevropa chempionlar ligasining nimchorak finali, javob uchrashuvlari doirasidagi «Barselona» – «Arsenal» bahsini boshqarib borish uchun rossiyalik hakamlar brigadasi tayinlandi.
16 mart kuni bo‘lib o‘tadigan bu o‘yinda Sergey Karasev bosh hakam sifatida xizmat qiladi. Unga qanotlarda Anton Averyanov va Tixon Kalugin yordam beradi. Darvozalar ortida esa Sergey Lapochkin va Sergey Ivanov ishlaydi, zaxira hakami Nikolay Golubev.
Eslatib o‘tamiz, 24 fevral kuni Londonda o‘tkazilgan dastlabki uchrashuv kataloniyaliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi.