«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger Angliya Kubogining chorak finalida «Uotford»dan yengilgach (1:2), muxlislarning undan iste'fo so‘raganiga munosabatini bildirib o‘tdi.
«Biz Angliya kubogi turnirida uzoq vaqt davom etgan yo‘limizni yakunladik. Lekin yakun qayg‘uli bo‘ldi. Endi keyingi o‘yinga tayyorlanishimiz kerak.
Keyingi o‘yin – bu hamisha katta chaqiriq bo‘ladi. Bunday vaziyatda dramatik voqealar markazida turishingga to‘g‘ri keladi. Bu xuddi bir satirik hikoya ichida bo‘lish kabidir.
Futbolchilar uchun hozirgi vaziyatni qabul qilish juda qiyin. Keling, bizga mavsum yakunlangach baho bering.
Biz mag‘lubiyatga uchradik, ammo «Arsenal» avval ham yutqazib turgan. Kelgusida ham ro‘y beradigan mag‘lubiyatlardan muhofaza qilinmaganmiz. Biz jipslashamiz, muammolarni hal qilamiz hamda keyingi o‘yinga boshqacha kuch va ishonch bilan tayyorlanamiz.
Muxlislar jamoani qo‘llab-quvvatlashadi. Biz esa har bir o‘yin oxirigacha kurashamiz», — deydi Venger.