13 mart oqshomida Angliya chempionati 30-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv "Aston Villa" va "Tottenhem" jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi. "Villa Park" stadionida o‘tgan bellashuvda "shporlar" 2:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvning 45 hamda 48 daqiqasida "Tottenhem" hujumchisi Harri Keyn gollar urib, jamoasi g‘alabasini ta'minladi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "shporlar" ochkolar sonini 58taga yetkazib, ikkinchi o‘ringa mustahkam joylashdi. "Aston Villa" 16 ochko bilan hamon turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasini egallab turibdi.
Bugun "Lester" va "Nyukasl" o‘rtasidagi bahs o‘tkaziladi.
Angliya chempionati, 30-tur
Aston Villa – Tottenhem 0:2
Gollar: Keyn, 45, 48
Aston Villa: Gyuzan, Okore, Sissoko, Xatton, Leskott, Veretu (Grin, 62), Guyye, Vestvud, Xil (Sinkleyr, 70), Jyested, Ayyu.
Tottenhem: Loris, Vimmer, Alderveyreld, Rouz, Dayyer, Eriksen (Kerroll, 78), Dembele, Alli (Meyson, 87), Lamela, Uoker, Keyn.