Anqaradagi teraktdan keyin turkiyaliklarning Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlariga kirishi taqiqlab qo‘yildi

Jahon 10:35 / 14.03.2016 1133

Anqara sudi 13 martda Anqarada sodir etilgan terakt suratlari ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgandan keyin Facebook, Twitter va boshqa saytlarga kirishni taqiqlash haqida qaror chiqardi. Bu haqda Reuters axborot agentligi mahalliy OAVga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.

Turkiyalik ba'zi foydalanuvchilar saytlarga kirishda muammolarga duch kelayotganlarini aytishgan. Ta'kidlanishicha, o‘tgan yili Turkiyada Twitter’da jangarilar prokurorni nishonga olib turgan surat chop etilgandan keyin bu ijtimoiy tarmoqqa kirish taqiqlab qo‘yilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: