Anqaradagi portlash portlovchi modda bilan to‘ldirilgan avtomobil orqali sodir etilgan

Jahon 08:59 / 14.03.2016 1195

Anqaradagi portlashga portlovchi modda bilan to‘ldirilgan avtomobil sabab bo‘lgan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu haqda Anqara gubernatori ma'lum qildi.

Dogan nashri guvohlar bergan ma'lumotlarga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, avtomobil avtobus bekatlaridan birida yo‘lovchi avtobusining orqa tomoniga kelib urilgan.

Eslatib o‘tamiz, 13 martda kechki payt Anqarada kuchli portlash yuz berdi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 34 kishi halok bo‘lgan, 125 kishi jarohat olgan.

Ko‘proq yangiliklar: