Angliya Kubogi: «MYu» o‘z maydonida «Vest Hem» bilan durang o‘ynadi

Sport 08:56 / 14.03.2016 1102

Angliya kubogining chorak finalidagi to‘rtinchi uchrashuv «Manchester Yunayted» hamda «Vest Hem» klublari o‘rtasida o‘tkazildi.

Unda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashdi.

Dastlabki bo‘limda har ikki jamoada ham vaziyatlar bo‘lganiga qaramay, tanaffusga qadar darvozalar daxlsiz qoldi.

68-daqiqaga kelib esa Dimitri Payye jarima zarbasini golga aylantirib, hisobni ochdi. 83-daqiqada esa Antoni Marsyal javob golini urib, masalani keyingi o‘yinga qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, 12 mart kuni turnirning chorak finalida 2 uchrashuv o‘tkazilgan, unda "Everton" "Chelsi"ni, "Kristal Pelas" esa "Reding"ni bir xil 2:0 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratib, turnirdan chiqarib yuborgandi. 13 mart kuni esa "Arsenal" o‘z uyida "Uotford"dan yengilib, turnirni tark etdi.

Angliya kubogi, 1/4 final

Manchester Yunayted – Vest Hem 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 68 Payye, 1:1 – 83 Marsyal.
Manchester Yunayted – De Xea, Varela (Darmian, 87), Roxo, Smolling, Blind, Lingard, Errera, Kerrik, Fellayni (Shvaynshtayger, 76), Reshford (Depay, 76), Marsyal.
Vest Hem – Rendolf, Ogbonna, Kressuell, Rid (Obiang, 62), Payye, Antonio, Lansini, Kuyate, Nobl, Kerroll (Valensiya, 82), Emenike (Sako, 64).
Ogohlantirishlar: Rid (2), Fellayni (32), Payye (55), Kuyate (58), Kerrik (71), Antonio (79).

Ko‘proq yangiliklar: