Afg‘oniston sharqidagi Nangarhor viloyati hududida qo‘lbola bomba muddatidan oldin portlab ketishi tufayli IShIDning 12 nafar jangarisi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi ma'lumotiga asoslangan holda Khaama axborot agentligi xabar bergan.
Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, bu portlash tufayli 21 kishi jarohatlangan. Jangarilar bu qo‘lbola bombani Mazdak tumanidan Achin tumanidagi Shedil bozoriga olib ketishayotganida baxtsizlikka uchrashgan.
Ayni vaqtda bu portlash tufayli tinch aholi vakillari jabrlangani haqidagi ma'lumot tekshirilmoqda.
Bundan oldinroq, Achinda 15 nafar jangari Afg‘oniston harbiylari tomonidan yo‘q qilingani haqida ma'lum qilingandi.