12 mart kuni Suriya harbiy-havo kuchlari tarkibidagi MiG-21 rusumli quruvchi samolyot Hama aerodromi yaqinida urib tushirildi. Bu haqda o‘z manbasiga asoslangan holda Sputnik xabar tarqatgan.
Ma'lum qilinishicha, jangarilar o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi bitim shartlarini buzgan holda samolyotni u harbiy bazaga qo‘nayotgan vaqtida nishonga olgan.
Hujumdan keyin uchuvchilaridan biri samolyotni Hamadagi bazaga qo‘ndirishga harakat qilgan, lekin urinish muvaffaqiyatsiz yakunlanib, u halok bo‘lgan, ikkinchi uchuvchi katapulta qilingan. U Suriya harbiylari nazoratidagi al-Mag‘ir shahri yaqiniga tushgan.
Hujum qilgan guruhlar vakillari samolyot Hamadagi tinch aholini bombardimon qilganini ma'lum qilgan. Ular bu holat tasvirlangan videoyozuvni e'lon qilgan.