Obama saylovoldi debatlarini maktabdagi mushtlashuvga o‘xshatdi

Jahon 09:42 / 13.03.2016 1516

AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlarning saylovoldi debatlari "adovatga to‘la" va "maktab hovlisidagi mushtlashuvga" o‘xshaydi, deb aytdi AQSh prezidenti Barak Obama Dallasdagi 12 martda aytgan nutqida. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Obama o‘z raqiblariga "Amerikani ataylab zaiflashtirmoqchi bo‘lgan xoinlar" sifatida qaramaydigan nomzodlarni qo‘llab-quvvatlashga chorladi. Amerikaning kelajagi ishonib topshiriladigan siyosatchilar amerikaliklarni bir-biriga peshonama-peshona to‘qnashtirmasdan, ularni birlashtirishi kerak, deb hisoblamoqda Obama.

"Bizning farzandlarga nima uchun bizning siyosat maktab hovlisidagi mushtlashuvga o‘xshashini tushuntirib bo‘lmaydi. Va biz farzandlarimizni mitinglarga olib borishga va ularga debatlarni ko‘rishga imkon berishdan qo‘rqishimiz noto‘g‘ridir", deb qo‘shimcha qildi Obama. Obama o‘z nutqida aniq nomlarni keltirmadi, biroq respublikachi nomzodlarni tanqid qildi. Obamaning o‘zi esa Demokratik partiya a'zosi hisoblanadi.

Obama nomzodlar tomonidan bildirilgan tanqidlarga javob berdi. Obamaning ta'kidlashicha, prezidentlik poygasining ba'zi yetakchilarining unga nisbatan aytayotgan so‘zlari "g‘irt yolg‘on", chunki AQSh uning prezidentligi davomida ko‘proq narsaga erishdi va hali ham "dunyodagi eng kuchli davlat" bo‘lib qolmoqda.

2016 yil iyulda demokratlar va respublikachilar milliy konventlar o‘tkazishadi, unda AQSh prezidentiga partiyalardan rasmiy nomzodlar saylanadi. AQSh prezidenti lavozimiga saylovlar 8 noyabrda bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: