Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 15 martda Ozarbayjonga tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda Trend agentligi.
Agentlikning ta'kidlashicha, Turkiya prezidenti Ozarbayjonga Turkiya-Ozarbayjon oliy darajadagi strategik hamkorligi kengashi yig‘ilishi doirasida tashrif buyuradi.
Turkiya prezidenti 17 fevralda Anqarada 20 kishining umriga zomin bo‘lgan portlash sodir bo‘lgani sababli Ozarbayjonga tashrifini bekor qilgandi. Erdo‘g‘an Ozarbayjon poytaxti Bokuda mamlakat rahbariyati bilan uchrashishi rejalashtirilgandi. Erdo‘g‘an bilan Bokuga bir necha vazirlar va Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabining bir necha yuqori lavozimli a'zolari tashrif buyurishi kutilgandi.