OAV: rossiyalik xakerlar Germaniya energetika tizimiga hujum qilishmoqchi

Jahon 00:19 / 13.03.2016 1571

Rossiyalik xakerlar Germaniya energetika tizimiga hujum qilishmoqchi, deb ta'kidlamoqda Tagesspiegel nemis nashri. Germaniya konstitutsiyasini qo‘riqlash federal boshqarmasi maktubida ayni vaqtda hujumga tayyorgarlik ketayotgani aytilgan. Fevralda AQShlik izquvarlar rossiyalik xakerlarning Ukraina energetika tizimiga hujumlarga aloqalari borligini tasdiqlashgandi. Bu hujum bu turdagi birinchi hujum bo‘lgan.

Tagesspiegel’ning maxsus xizmatlar maktublariga iqtibos keltirgan holda ta'kidlashicha, hujumni Sofacy (shuningdek, ART28 nomi bilan ham ma'lum) xakerlik guruhi tayyorlamoqda. Maktub turli iqtisodiy uyushmalarga jo‘natilgan, unda ekspertlar eng yomon vaziyatda butun elektr stansiyalar va tarmoqlar ishdan chiqishi mumkinligidan ogohlantirmoqdalar.

Ma'lum qilinishicha, zararli dasturlar kompyuterlarga 32 ta internet-manzildan yuborilishi mumkin. Ta'kidlanishicha, Sofacy ortida go‘yoki Rossiya Federal xavfsizlik xizmati va Bosh razvedka boshqarmasi turadi.

Aynan shu xakerlik guruhi 2015 yil bahorida Germaniya parlamentiga yirik hujumni amalga oshirgan.

Bundestag deputati Burxard Lishkaning aytishicha, Rossiya hukumati nemis jamiyatida xavfsizlik borasida ishonchsizlik hissini kuchaytirmoqchi. Uning aytishicha, hattoki bitta elektr stansiyaning ishdan chiqarilishi mamlakatda "barqarorsizlik vaziyatini" keltirib chiqarishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: