OAV: Obama britaniyaliklarni Yevropa Ittifoqida qolishga ko‘ndirib ko‘radi

Jahon 08:04 / 13.03.2016 934

AQSh prezidenti Barak Obama keyingi oyda Yevropaga tashrifi davomida Buyuk Britaniyaga tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda The Independent gazetasi. Dauning-stritdagi Buyuk Britaniya bosh vaziri qarorgohidagi manbaning aytishicha, Obama mamlakat fuqarolarini Yevropa Ittifoqida qolishga ko‘ndirishga harakat qilib ko‘radi. 

"Obama ovoz beruvchilarga Yevropa Ittifoqida qolishni tavsiya qilmaganida juda ajablanarli bo‘lardi", deb aytdi manba.

Ta'kidlanishicha, Obamaning safari Devid Kemeron bilan munosabatlarni tiklashga yordam beradi. Ikki siyosatchi o‘rtasida Liviya borasida turli fikrlik yuzaga kelgan.

Obama Buyuk Britaniyaga aprel oyi oxirida Germaniyaning Gannover shahriga sanoat yarmarkasi ochilishiga kelganida tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu yarmarka 24 apreldan o‘z ishini boshlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: