Nijniy Novgorodda futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionati uchun stadion qurayotgan kompaniya ishchilari ishga chiqishdan bosh tortishmoqda. Nijniy Novgorod shahar portali ma'lum qilishicha, 250 dan ko‘proq ishchining ishga chiqishdan bosh tortayotganiga ularning o‘z maoshlarini vaqtida ololmayotganlari sabab bo‘lgan.
Portal ma'lumotlariga ko‘ra, Turkiyaning "Ma-Na Stroy" xodimlari sanaluvchi 250 nafar o‘zbek va 10-15 tojik ayni vaqtda ikki oylik maoshini ololmayapti. Kelishuvga ko‘ra, ish beruvchi ularga maoshni 30 kundan kechiktirmay to‘lashi kerak.
12 martda qurilishning bosh pudratchisi "Stroytransgaz" vakili Aleksandr Batuyev kompaniya pudratchilar bilan to‘liq hajmda hisob-kitob qilganini aytgan."Biz vaziyatni o‘z nazoratimizga oldik va umid qilamizki, muammo yaqin orada hal bo‘ladi", deb aytdi Batuyev.