«Napoli» bosh murabbiyi: «Jamoadagilardan kimdir «Yuventus»ning o‘yinini ko‘rsa u - telbadir»

Sport 12:41 / 13.03.2016 1139

«Napoli» jamoasi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri o‘z shogirdlaridan qaysisidir «Yuventus» o‘yinlarini tomosha qilishi to‘g‘ri bo‘lmasligini bildirdi.

«Men o‘z yigitlarimga «Yuventus» ishtirokidagi o‘yinlarni tomosha qilmaslik kerakligini aytganman. Ular bu jamoaning o‘yinlarini ko‘rishsa, telba sifatida qabul qilinishlarini bilishadi, chunki bu jamoaning o‘yinini tomosha qilish hech kimga hech qanday foyda bermaydi. Umuman boshqa jamoalarning o‘yinlarini tomosha qilishda ma'no yo‘q, bu orqali hech kim o‘z o‘yinini kuchaytirib qo‘ymaydi.

Menga o‘yinimiz «Yuventus»dan oldin o‘tadimi yoki keyinmi, buning ahamiyati yo‘q. Chunki mening boshimda hamisha faqat g‘alaba qozonish fikri aylanadi. Bu jamoada ham g‘alaba qilish mentalitetga aylangan», — deydi Sarri.

Ayni vaqtda «Napoli» Italiya A seriyasi turnir jadvalida peshqadam «Yuventus»dan 6 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Lekin neapolitanliklar jamoasi turinliklardan bitta kam o‘yin o‘tkazgan.

Ko‘proq yangiliklar: