Suriyada siyosiy o‘tish faqatgina Bashar Asad mamlakat prezidenti lavozimidan ketsagina boshlanishi mumkin, deb aytdi Suriya muholifati. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
"Biz o‘tish davri Bashar Asad qulagandan yoki uning o‘limidan keyin boshlanadi, deb hisoblaymiz", deb aytdi Jyenevada jurnalistlarga muxolifat tomondan muzokaralar olib boruvchi Muhammad Allush. Bu yerda 14 martda Suriya bo‘yicha tinchlik muzokaralarining yangi raundi boshlanishi kerak.
"Bu tuzum hukmronlik qilayotgan yoki bu tuzum rahbari hokimiyatga ega bo‘lgan vaqtda bu davrni boshlashning hech qanday imkoniyati yo‘q", deb qo‘shimcha qildi Allush.