13 martda Maslenitsa bayramining oxirgi kuni Moskva markazida eng katta quymoq pishirish bo‘yicha rekord o‘rnatishga muvaffaq bo‘linmadi. TASS muxbirining voqea joyidan ma'lum qilishicha, diametri 3 metr keladigan quymoqni bir necha quymoq pishiruvchi orqa tomoniga o‘gira olmadi va u bir nechta joyidan yirtilib ketdi.
Ginness rekordlar kitobiga kiritilishga loyiq bo‘lgan quymoqni pishirish bo‘yicha rekordni Ermitaj" bog‘ida amalga oshirishmoqchi bo‘lishdi.
Quymoqqa 60 kg xamir ketdi, u maxsus uskunalar yordamida 800 kg lik katta tovada yoyib chiqildi, so‘ngra u qizdirilgan ko‘mir ustidagi katta manqalga pishirish uchun qo‘yildi. Bog‘ga kelganlar bu jarayonni telefonlari kameralariga yozib olishgan. Quymoq o‘xshamay qolgani va biroz kuyib ketganiga qaramasdan, mehmonlar uni bajonidil tanovul qildilar. Yegulik barchaga yetgan.
Tashkilotchilar keyingi yildagi urinish muvaffaqiyatli bo‘lishiga umid qilmoqdalar. Avvalroq Moskva meriyasida ma'lum qilinganidek, bu quymoq Rossiyaning eng katta quymog‘iga da'vogarlik qilayotgan edi. Rossiyaning turli shaharlarida 10 yildan beri Maslenitsa bayramida diametri 3 metr keladigan quymoqni pishirishga urinishlar muvaffaqiyatsiz yakunlanmoqda, hali hech kim bunday quymoqni yirtmagan holda orqa tomoniga o‘gira olmagan.
Suratlar manbasi: tass.ru