Maserati Shimoliy Amerikadan 28 mingdan ziyod avtomobilini chaqirib oladi

Jahon 15:09 / 13.03.2016 951

Italiyaning Maserati kompaniyasi Shimoliy Amerikadan Quattroporte va Ghibli modellariga taalluqli 28 ming dona avtomobilini chaqirib oladi. Ma'lumot AQShning avtomobil yo‘llari Milliy trafik xavfsizligi boshqarmasi (NHTSA) saytida e'lon qilingan.

2013 yilning 1 fevralidan 2015 yilning 30 noyabriga qadar chiqarilgan avtomobillarni chaqirib olishdan maqsad, mashinalarning haydovchi o‘rindig‘i ostidagi gilamchalar yaxshi o‘rnatilmaganidir. Ma'lumotda keltirilishicha, agar gilamcha joyidan siljib ketsa, u akselator va kovrolin o‘rtasida tiqilib qoladi. Bu esa jiddiy halokatga va hatto o‘limga olib kelishi mumkin.

Jami 28 235 avtomobil chaqirib oladi. Kompaniya gilamchalarni tekin almashtirib berishni aytib o‘tgan. Chaqiruv 2016 yilning 29 aprelidan boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: