Luis Enrike: Kimdir o‘ynamasa, nima uchun, deb so‘rashadi, o‘ynasa esa, dam bersa bo‘lardiku, deyishadi

Sport 09:57 / 13.03.2016 1048

“Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya chempionatining 29-turida "Xetafe"ga qarshi uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi. Uchrashuv 6:0 hisobida "Barsa" hisobiga yakunlandi. Uchrashuvda Luis Suares ishtirok etmadi.

"Bizning deyarli barcha o‘yinchilarimiz jarohatlardan xalos bo‘ldi va safga qaytdi. Bu jamoamizdagi raqobat uchun ijobiy holat. Bizning jamoa ajoyib oraliqni o‘tkazmoqda.

Biz o‘yinga jiddiy yondashdik, yaxshi sur'atda, aniq o‘ynadik va to‘pni tez harakatlantirdik.

Suares? Men "Barselona" murabbiyiman va u bugun o‘ynamasligiga qaror qildim. “Barselona"ga murabbiylik qilish ajablanarli: kimdir o‘ynamasa, nima uchun, deb so‘rashadi, o‘ynasa esa dam bersa bo‘lardiku, deyishadi. Suaresni sotib olganimizda, hamma mendan "nega sotib olding", deb so‘rardi. Keyin esa nima uchun u bunchalik ko‘p o‘ynaydi va dam olmaydi, deb so‘rashni boshlashdi. Endi esa, nima uchun zaxirada o‘tiribdi, deb so‘rashmoqda. Suares 850 ming daqiqa o‘ynadi va biz unga dam berishga qaror qildik", deb aytdi Enrike.

Ko‘proq yangiliklar: