Rossiya vaziyatni muzokaralar stoliga qaytarish uchun Shimoliy Koreyaga ta'sir qilishga harakat qiladi, deb aytdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.
Lavrovning aytishicha, Rossiya AQSh bilan Eron yadroviy dasturi bo‘yicha aynan shunday hamkorlik qilgan: "Chunki bizga yadroviy davlatlar kerak emas va shu bilan birga barcha davlatlarning tinch yadroviy energetikaga huquqi borligini himoyalashimiz lozim, biz Eron bo‘yicha kelishuvga erishib, aynan shuni amalga oshirganmiz".
"Bizga umuman yadroviy qurol-aslaha, boz ustiga Shimoliy Koreya tomondan yadroviy ambitsiyalar va tahdidlar kerak emas", deb aytdi Lavrov.
Lavrovning aytishicha, Rossiya Shimoliy Koreyaga ta'sir qilish hamda uni muzokaralar stoliga qaytarish va MAGATE bilan hamkorlik qilishiga erishishga harakat qiladi.
Lavrov: Moskvaga Shimoliy Koreya tomondan yadroviy ambitsiyalar va tahdidlar kerak emas
Kun Yangiliklari
O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
07:57 / 01.07.2022
25560
Noyabr oyi uchun «palov indeksi» e'lon qilindi
08:11 / 01.12.2021
34512