«Lester» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri o‘z jamoasining bu mavsumdagi muvaffaqiyatlari tasodifiy emasligini, ma'lum asosga egaligini va jamoa bundan keyin ham rivojlanishda davom etishini aytib o‘tdi.
«O‘ylaymanki, futbolchilar shu yerda qolishadi. Men bunga ishonaman. Bu haqda yaqindagina ularning har biri bilan gaplashib olgandim. Men ularga biz birgalikda juda kuchli jamoa qurganimizni aytdim. Ular shu yerda qolib, yanada kuchayishlari mumkinligini bilishadi. «Lester»da o‘ynashda davom etib ham orzularga yetish mumkin.
Agar kimdir jamoani o‘zgartiradigan bo‘lishsa, unga aytadigan gapish shu: «Yaxshi, siz o‘ta shuhratparast ekansiz. Lekin yodda tuting, «Lester» barchasidan yuqoriroq. Siz boshqa jamoaga o‘tishingiz mumkin, keyin kim biladi u yerda nimalar ro‘y berishini?»
Men ularga qarab kulaman va deyman: «Ey, siz u yerga nima uchun ketayapsiz? Sumkalarni tashib yurish uchunmi? Shu yerda qoling va shu yerda futbol o‘ynang».
Keyingi yilda biz o‘sishning keyingi bosqichiga o‘tishimiz kerak bo‘ladi. Avvaliga Yevropa Ligasida, keyin – YeChLda toblanamiz va ehtimolki kunlardan birida xalqaro maydondagi sovrinlar uchun kurasharmiz. Bizning dasturimiz shunday. Keyingi mavsumni biz yangi qarashlar va yangi mexanizmlar bilan boshlaymiz. Masalan, «Men o‘tgan mavsumda nima bo‘lgani muhim emas» qabilida. Biz kuchli jamoa qurishda davom etishimiz kerak.
Bizning jamoamiz – superyulduz jamoa, garchi unda superyulduzlar to‘p surmasada. Barcha birdek ishlashi kerak. Albatta, mening tajribam ham qo‘l kelgan bo‘lishi mumkin, futbolchilar o‘zlariga ko‘proq ishona boshlashgandir. Buni aniq aytish qiyin. Muhimi, futbolchi mening topshirig‘imni men aytganim uchun emas, jamoa uchun bajarishidir», — deydi italiyalik murabbiy.
Ayni vaqtda, mavsum yakuniga 9 tur qolgan pallada «Lester» jamoasi 60 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa o‘zining eng yaqin ta'qibchisi «Tottenhem»ni 5 ochko, uchinchi o‘rindagi «Arsenal»ni esa 8 ochkoga ortda qoldirmoqda.
Aleks Fergyuson: «Lester» muddatidan oldin APL chempioni bo‘ladi
Raneri Mahrezni zaxiraga mixlab qo‘yishdan tap tortmasligini aytib o‘tdi
«Real» dekabr oyida Kanteni yetarlicha mashhur emasligi uchun sotib olishga rozi bo‘lmagan