Professor Adam Grantning ta'kidlashicha prokrastinatsiyani (ishlarni keyinga surish) yoqtiruvchilar ijodiy shaxslar hisoblanadi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Grantning fikriga ko‘ra, prokrastinatsiya insonga o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadga qaraganda samaraliroq ta'sir ko‘rsatadi. Bu muammo haqida o‘ylanadigan qo‘shimcha vaqt bilan bog‘liq.
Psixolog tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, prokrastinatsiya oila va salomatlik bilan bog‘liq muammolarni hal etishda uzoq ta'sir etuvchi muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi. U o‘z fikrini xususiy avtobiografik faktlar bilan isbotlashga harakat qildi.
Grantning misol keltirishicha, siyosatchilar omma oldiga chiqish oldidan qog‘ozga o‘zlari gapiradigan matnni olib chiqishadi, ammo nutq jarayonida u yerda yozilganlarni o‘qimay boshqa narsa haqda gapirishadi va bu samarali hamda ta'sirchan chiqadi.