Gretsiyada suriyalik qochqinlar norozilik sifatida temir yo‘l izlariga o‘z farzandlarini yotqazib qo‘yishdi

Jamiyat 00:10 / 13.03.2016 1120

Gretsiyaning Makedoniya bilan chegarasida joylashgan Idomeni shahrida suriyalik qochqinlar norozilik sifatida temir yo‘l izlariga o‘zlarining yosh bolalarini yotqazib qo‘yishdi, deb xabar bermoqda AFP agentligi.

Qochqinlar o‘tgan yili Gretsiya va Makedoniya o‘rtasidagi chegarani kesib o‘tishda kiritilgan qat'iy choralarga qarshi chiqishmoqda. Qochqinlar ularga yo‘llarini davom ettirishga ruxsat berilishini talab qilishmoqda.

Temir yo‘l izlariga yotqazilgan bolalar qo‘llarida "Chegarani oching" va "Biz hayvonlar emas, odammiz" degan yozuvlar bo‘lgan tablichkalar bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: