Facebook’dagi sahifa ma'muri misrlik ayollar haqidagi nojo‘ya so‘zlari uchun 3 yillik qamoq jazosi oldi

Jahon 00:58 / 13.03.2016 1661

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi "Aziyat chekayotgan er kundaliklari" guruhi ma'muri, misrlik Taymur al-So‘bqiy mirslik ayollarning uchdan biri o‘z erlariga sadoqatli emasliklari haqidagi so‘zlari uchun 3 yillik qamoq jazosiga mahkum qilindi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Al-So‘bqiy misrlik ayollarga nisbatan bo‘hton qilish, ularni haqorat qilish hamda sha'ni va obro‘sini to‘kishda ayblandi.

Sud aybdorga surgunlikda ishlashni o‘z ichiga oluvchi 3 yillik qamoq jazosi tayinladi.

Ayblanuvchi "Buning imkoni bor" shousidagi nutqida misrlik ayollarning 30 foizi o‘z erlariga xiyonat qilishga tayyorliklari va ularni bunga kimdir undashini kutishlarini aytgan. Uning aytishicha, ko‘plab ayollar erlari xorijda bo‘lganda ularga xiyonat qiladilar.

Ko‘proq yangiliklar: