"Chelsi" Angliya kubogini tark etdi, Diyego Kosta raqibni tishlagani uchun maydondan chetlatildi

Sport 07:39 / 13.03.2016 1724

Angliya kubogining chorakfinalida "Everton" o‘z maydonida 2:0 hisobida "Chelsi"ni mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqaning yarimfinaliga yo‘l oldi. 2-bo‘limda "irischalar" safida "Chelsi"ning sobiq hujumchisi Romelu Lukaku dubl amalga oshirdi. Belgiyalik futbolchi 77- va 82-daqiqalarda o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.

Uchrashuvda ikkala jamoaning ham bittadan o‘yinchisi maydondan chetlatildi. Avval londonliklar hujumchisi Diyego Kosta uchrashuvning 84-daqiqasida raqibi Garet Barri bilan to‘qnashuvda uning bo‘ynidan tishlagani uchun qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 3 daqiqa o‘tib "jabrdiyda" Barrining o‘zi ham ikkinchi sariq kartochka uchun maydondan chetlatildi. 

Endi Roberto Martines shogirdlari yarimfinalda 13 martda "Old Trafford" stadionida bo‘lib o‘tadigan "Manchester Yunayted" — "Vest Xem" juftligi g‘olibi bilan uchrashadi.

Angliya kubogi. Chorakfinal

Everton – Chelsi – 2:0

Gollar: Lukaku, 77 (1:0); Lukaku, 82 (2:0).

Ogohlantirishlar: Djagelka, 42; Barri, 84 – Kosta, 11; Fabregas, 62.

Chetlatish: Barri, 87 – Kosta, 84.

Ko‘proq yangiliklar: