Londonning «Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Vengerning qayd etishicha, muxlislar hamisha ko‘proq sovrinlar xohlashadi.
«Muxlislar hamisha yanada ko‘proq sovrinlar yutishingni istashadi. Shu vaqtgacha yutilgan sovrinlar ularga kamdek ko‘rinadi.
Qachonki biz hech qanday yutuqqa erisha olmaganimizda, ular shunday hayqirishadi: «Ey xudoyim, «Arsenal» hatto Angliya Kubogini ham qo‘lga kirita olmaydi!» deyishadi. Qachonki uni o‘zimizniki qilganimizda, bu ularning parvoyiga ham kelmaydi va bu sovrin uchun olqishlashmaydi. Ular ko‘proq narsa xohlashadi.
Agar tarixga nazar solsak, «Arsenal» Angliya Kubogini hammadan ko‘p marta qo‘lga kiritgan — 12 marta. Shundan 6tasi men jamoaga kelganimdan keyin», — deydi Venger.
Ayni vaqtda, 29 tur o‘yinlaridan keyin «Arsenal» APL turnir jadvalida peshqadam «Lester»dan 8 ochko ortda qolgan holda uchinchi o‘rinda bormoqda. Angliya Kubogining chorak finalida esa jamoa «Uotford»ga qarshi o‘ynaydi. YeChL nimchorak finalidagi «Barselona»ga qarshi birinchi o‘yin 0:2 hisobida boy berilgan.
Bundan oldinroq, jamoa xo‘jayini Sten Kronke klubni sovrinlar qo‘lga kiritish uchun emas, pul ishlash uchun sotib olgani haqida aytgandi.