Andres Inesta: Bunday darajada mag‘lubiyatsiz 37 ta uchrashuv – aqlbovar qilmas natija

Sport 08:17 / 13.03.2016 866

Barselona” futbol klubi sardori Andres Inesta "Xetafe"ga qarshi uchrashuv natijasi (6:0) va Chempionlar Ligasida "Arsenal" bilan javob uchrashuvidan oldin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bunday darajada mag‘lubiyatsiz 37 ta uchrashuv – aqlbovar qilmas natija. Biz uch ochko oldik va o‘z maqsadimizga yana bir o‘yinga yaqinlashdik. Bilaman, hali hech narsa hal bo‘lmagan, biroq biz Kubok finalidamiz, chempionlikni qo‘lga kiritishga yaqinmiz va Chempionlar Ligasida kurashni davom ettirmoqdamiz.

"Arsenal" bilan javob uchrashuvidan oldin bizda qulay natija bor. Biroq "Arsenal" xavfli va 2:0 hisobi yanada xavfliroq bo‘lishi mumkin. Biz "Arsenal"ni juda hurmat qilamiz", deb aytdi Inesta.

Ko‘proq yangiliklar: