«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi, afsonaviy ser Aleks Fergyuson joriy mavsumda APLda kechayotgan chempionlik poygasi haqidagi fikrlarini bildirdi. Uning ishonch bilan ta'kidlashicha, Klaudio Raneri bosh murabbiyligidagi «Lester Siti» peshqadamlikda davom etadi va muddatidan oldin chempionlikka erishadi. U «tulkilar» jamoasi bosh murabbiyi haqida iliq fikrlar bildirgan.
«Bu safar Angliya chempionligi chempionat yakunlanishiga 3 tur qolganida aniq bo‘ladi. Ishonch bilan aytamanki, bu yilgi chempion „Lester“. Bunga albatta ularning kuchi yetadi. Raneri joriy mavsumda APLda o‘z so‘zini ayta oldi», — deya Fergyusondan iqtibos keltiradi Sunday Times nashri.
Ayni vaqtda, mavsum yakuniga 9 tur qolgan pallada «Lester» jamoasi 60 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa o‘zining eng yaqin ta'qibchisi «Tottenhem»ni 5 ochko, uchinchi o‘rindagi «Arsenal»ni esa 8 ochkoga ortda qoldirmoqda.