Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev jurnalistlarga unga hammadan ham sug‘oruvchi kasbi yoqishini aytdi.
Atambayevning aytishicha, bir nashr u o‘zining sobiq haydovchisi, zootexnigi va jurnalistini turli lavozimlariga tayinlagani haqida xabar bergan. "Agar bunday qaraladigan bo‘lsa, men umuman sobiq sug‘oruvchiman. Bu kasb bilan 8-sinfdan tirikchilik qila boshlaganman. Keyin esa ko‘cha supuruvchi, o‘tyoqar bo‘lganman... Qayerlarda ishlamadim! Biroq menga bu ishlardan eng ko‘proq sug‘oruvchi ishi yoqadi. Qarasang – o‘t sarg‘aygan. Suvni tortib kelasan, u esa yerga shovqin solib singadi. Yer go‘yoki uni ichadi. Ertasiga qarasang, suv quygan joying yam-yashil o‘t bilan qoplangan. O‘z ishingning natijasini ertasigayoq ko‘rish shunday huzurki!", deb o‘z xotiralari bilan bo‘lishdi prezident.
"Albatta, shunday ishni istardim. Biroq hozir men istalgan jismoniy mehnatdan ko‘proq kuch va salomatlikni oluvchi ishdaman. Afsuski, mehnating har doim ham darrov meva bermaydi. Ko‘p narsa meni xursand qiladi, bu yili ko‘p narsani ko‘rmoqdaman va yana ko‘raman, umid qilamanki, keyingi yilda ham shunday bo‘ladi. Ayniqsa, energetika sohasida. Keyingi yilda bu lavozimdan ketaman va 2018 yil bahorida qayerdadir yer titkilab, nimadir ekib, sug‘orishga umid qilaman. Hozir esa bunga vaqt yo‘q. Juda barvaqt yoki juda kech vaqt topilishi mumkin. Bu bo‘sh vaqtda men, misol uchun ingliz tilini maishiy darajada o‘rganishga muvaffaq bo‘ldim", deb qo‘shimcha qildi Atambayev.