"Zenit" o‘z maydonida "Benfika"ga yutqazib, Chempionlar Ligasini tark etdi

Sport 00:44 / 10.03.2016 3472

Sankt-Peterburgda Chempionlar Ligasining nimchorak final bosqichida "Zenit" va "Benfika" o‘rtasidagi javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Lissabon jamoasi 1:2 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi. Portugaliyada o‘tgan 1-uchrashuvda ham "Benfika" 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Shu tariqa portugallar ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra chorak finalga yo‘l oldilar.

"Zenit" safida Xalk 69-daqiqada hisobni ochdi. Portugallar 2-bo‘lim tugashiga 5 daqiqa qolganda Nikolas Gaytan goli evaziga hisobni teglashtirishdi va qo‘shimcha vaqtda Anderson Taliska goli evaziga g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Chempionlar Ligasi. 1/8 final. 2-uchrashuv
Zenit – Benfika – 1:2
Gollar: Xalk, 69 (1:0); Gaytan, 85 (1:1); Taliska, 90+6 (1:2).

Ko‘proq yangiliklar: