Kerri: Biz hech qachon Suriya masalasida "B" rejasini tuzmaganmiz

Jahon 14:52 / 10.03.2016 3147

AQSh Davlat departamenti rahbari Jon Kerrining ma'lum qilishicha, amerikaliklar hukumati Suriya masalasida hech qachon "B" rejasiga ega bo‘lmagan. Bu haqda u CTV News efiri orqali jurnalist savoliga javob berish vaqtida aytib o‘tgan.

"Demak, bizda hech qachon Suriya masalasida "B" rejasi bo‘lmagan. Odamlar asosiy reja muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, zaxiradagi rejani ishga tushirishimizni taxminlar qilishmoqda. Lekin bular shunchaki taxmin", deydi Kerri.

Uning aytishicha, Suriyani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro guruh vakillaridan hech kim mamlakatning bo‘linishi ehtimolini o‘ylamaydi va bu ehtimolni muhokama qilmaydi.

"Biz Suriyani yaxlit holatda saqlab qolamiz. Bu davlatda kamchilikning huquqlari kafolatlanadi. Suriyaliklar kelgusidagi hukumatni saylaydi. Biz ayni vaqtda shunga erishish uchun muzokaralar o‘tkazmoqdamiz", deydi Kerri.

Bundan oldinroq, Kerri Bashar Asadning ketishi 2011 yildan buyon mamlakatda saqlanib qolayotgan beqaror vaziyatning o‘nglanishi uchun yagona yo‘l ekanini aytib o‘tgandi.

Ko‘proq yangiliklar: