16 fevralda "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog‘ida Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntlardan tasvirlarni chop etish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Instagram foydalanuvchilari endi o‘zlarining suratlari va videolarini bir vaqtda ham instagramdagi sahifalarida, ham "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalarida chop etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Instagram’ning "OK" bilan uyg‘unlashgan dasturini Appstore’dan yuklab olish mumkin, u tez orada Google Play Market’da ham paydo bo‘ladi.
Avvalroq Instagram foydalanuvchilariga o‘z akkauntlaridagi suratlarni Facebook, Twitter, Flickr, Tumblr va Swarm ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida chop etish yoki elektron pochta orqali yuborish imkoni taklif qilingandi.
"Yangi optsiya Instagram’da joylashtirilgan suratlarning qamrab olinishini oshirishga imkon beradi. O‘z navbatida, ijtimoiy tarmog‘imiz auditoriyasi foto va videokontentning yangi klasteriga kira oladi", deb aytdi "Odnoklassniki"ni rivojlantirish menejyeri Semen Boyarskiy.
2015 yil sentabri oxiriga ko‘ra, Instagram’da 400 mln dan ko‘proq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan.
"Odnoklassniki" loyihasi ko‘ngilochar ijtimoiy tarmoq bo‘lib, 2016 yil yanvar holatiga ko‘ra uning auditoriyasi 51 mln kishini tashkil qilgan. Bu ijtimoiy tarmoq Rossiyadagi eng ommaviy hamda tashrif buyurish bo‘yicha dunyodagi 4-raqamli ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqda video, musiqa, o‘yinlar taqdim qilingan. Ijtimoiy tarmoqda 1 mln dan ko‘proq guruh qayd qilingan.
Shu o‘rinda yana bir muhim ma'lumot: www.kun.uz saytining www.odnoklassniki.ru tarmog‘idagi rasmiy sahifasining o‘quvchilari soni qariyb 76 ming nafarga yetdi.