AQSh olimlari buyrak o‘tkazishning kengaytirilgan usulini ishlab chiqishdi

Jamiyat 23:20 / 10.03.2016 6988

Amerikalik olimlar buyrakni tirik donordan bemorlarga ko‘chirib o‘tkazishga yordam beruvchi yangi usulni o‘ylab topishdi. Avvallari bu kabi operatsiyani buyrak mos kelmaganligi uchun amalga oshirish mumkin emas deb hisoblangan. Bu haqida The New York Times gazetasi xabar bermoqda

Jon Xopkins universiteti qoshidagi tibbiyot maktabining professori Dorri Segyov boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan ishlab chiqilgan yangi usul juda ham sezuvchan immun tizimiga ega insonlarga transplantatsiya bo‘yicha operatsiya o‘tkazishga yordam beradi.
“Desensibilizatsiya” yoki sezgirlikning pasayishi nomli mazkur jarayon transplantatsiyada zarur bo‘lgan donor tana a'zosini rad etuvchi murakkab oqsillarni qondan butunlay bartaraf etishga mo‘ljallangan. U maxsus filtr yordamida ishlab chiqiladi. Mazkur jarayondan so‘ng organizm tomonidan ajralib chiquvchi yangi murakkab oqsillar ko‘chirilgan a'zoni avvalgiga nisbatan juda kam kuch bilan rad etadi.

Yangi usulni ishlab chiqish sakkiz yil davom etdi. Bu vaqt davomida tirik donorlarning mos kelmaydigan buyraklari mingdan ortiq bemorlarga ko‘chirib o‘tkazildi. Olimlar qayd etishicha, “desensibilizatsiya” jarayoni bilan birgalikda amalga oshirilgan operatsiyadan keyin bemorlarning 76,5 foizi yashab ketgan. Bu ko‘rsatkich o‘lik donordan mos keluvchi a'zo transplantatsiya qilingan holat yoki dializ jarayoni (organizmdagi qon va boshqa suyuqliklarni sun'iy usulda tozalash)dan buyrak o‘tkazishga nisbatan (62,9 foiz tirik qolganlar) ancha yuqori.

“Desensibilizatsiya” jarayonini o‘tkazish 30 ming dollarga aylanadi. AQShda buyrak o‘tkazish operatsiyasi deyarli 100 ming dollarni tashkil etadi. Shuningdek, yangi usulning yana bir samarali tomoni u nafaqat hayotni saqlab qoladi, balki bemorlar uchun dializ jarayonidan o‘tishga sarf bo‘luvchi 70 ming dollar atrofidagi zarur vositalarni ham tejab qoladi.

Ko‘proq yangiliklar: