Xitoy fuqarosi AQShda zahar sotib olmoqchi bo‘lgani uchun 16 yilga qamoqqa hukm qilindi

Jamiyat 11:45 / 09.03.2016 2528

Xitoy fuqarosi AQShda internet orqali zahar moddasini sotib olishga uringani uchun 16 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar bermoqda Reyter.

Agentlik bergan ma'lumotga ko‘ra, Nyu-York universitetining sobiq talabasi Le Chenu Manxetten federal sudi hakamlari tomonidan o‘tgan yilning avgust oyida qurol maqsadida uzoq muddatga foydalanish uchun zaharli modda sotib olganligi tufayli aybdor, deb topilgan edi.

Prokurorning so‘zlariga ko‘ra, 2014 yilda xitoylik talaba internet orqali "Dark_Mart" deb nomlangan foydalanuvchidan zaharli modda sotib olishga urinadi. Aslida bu foydalanuvchi federal qidiruv byurosi xodimi bo‘ladi. U zaharli moddani “o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganlarga o‘limga eltuvchi sodda usul” tariqasida sotishni rejalashtirgani ma'lum bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: