Toshkentda tashqi yoritish tizimi modernizatsiya qilinadi

O‘zbekiston 18:56 / 09.03.2016 2815

O‘zbekiston hukumati 2016-2019 yillarda Toshkent shahri, viloyat markazlari va shaharlar tashqi yoritish tizimini diodli chiroqlar texnologiyasi asosida modernizatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqdi.

Dastur Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 4 martdagi qarori bilan tasdiqlangan.

Qarorda belgilanishicha, tashqi yoritish tizimi moslamalarini yetkazib berish va o‘rnatish bo‘yicha takliflar loyihani tayyor holda topshirish sharti bilan tender savdosisiz mahalliy ishlab chiqaruvchilar orasidan tanlab olinadi.

Dasturni moliyalashtirishga mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjyeti, viloyatlar byudjyetlari, Moliya vazirligi qoshidagi Respublika yo‘l jamg‘armasidan ajratiladi.

Ko‘proq yangiliklar: