Toshkent shahrida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish tartibi o‘zgartirildi

Jamiyat 15:18 / 09.03.2016 28274

O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarining Toshkent shahrida vaqtincha bo‘lishini nazorat qilish ishlari bilan "Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi" shug‘ullanadi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 26 fevral kungi qarorida (pdf) ma'lum qilingan. Shu vaqtgacha (2012 yil fevralidan buyon) bu ish hududlardagi "Militsiya tayanch punkti" tasarrufida edi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yoki vaqtincha propiska olish uchun taqdim etiladigan hujjatda turar joyning yoki uning bir qismining ijara shartnomasining yoki turar joydan yoki uning bir qismidan foydalanish shartnomasining notarial tasdiqlangan nusxasi qo‘shilishi kerak bo‘ladi.

Agar vaqtincha turar joyi bo‘yicha hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaro turar joy mulkdorining (mulkdorlarining) yaqin qarindoshi bo‘lsa, turar joy yoki uning bir qismidan tekin foydalanish shartnomasining notarial tasdiqlangan nusxasini taqdim etish talab etilmaydi. Ushbu holatda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hisobda turish uchun murojaat qilgan fuqaroning va turar joy yoki uning bir qismi mulkdorining qarindoshligi darajasini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etilishi kerak.

Oxirgi hisobga olish rasmiylashtirilgan paytdan boshlab 1 yil mobaynida hisobga olishni qayta rasmiylashtirish masalalarini ko‘rib chiqish fuqaro vaqtincha turgan joyi bo‘yicha xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limida amalga oshiriladi. Buning uchun fuqaro hisobga olish muddati tamom bo‘lishidan 15 kun oldin xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadi.

Ariza ro‘yxatda o‘tkazilgandan, shuningdek taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilgan va rasmiylashtirilgandan keyin xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi 15 kun mobaynida hisobga olishni qayta rasmiylashtirishga ruxsat berish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ijobiy qaror qabul qilinganda xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi fuqaroga hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘ini takroran beradi, salbiy qaror qabul qilinganda esa - ushbu qarorni ariza beruvchiga yetkazadi hamda uni ichki ishlar bo‘limi tomonidan belgilangan muddatda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan chiqib ketish majburiyati to‘g‘risida ogohlantiradi.

Boshqa mintaqalardan kelgan fuqarolarga vaqtinchalik bir martalik ish bilan shug‘ullanish uchun 6 oygacha amal qiladigan guvohnoma beriladi.

Boshqa viloyatlardan kelgan talabalarning Toshkent shahrida qonuniy bo‘lishi o‘quv davriga asoslanadi.

Ko‘proq yangiliklar: