O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 4 martdagi farmoyishiga muvofiq, resbuplika bo‘ylab obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi boshlandi.
Oylik doirasida O‘zbekiston Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida ekologik aksiya o‘tkazildi. Tadbirda qo‘mita xodimlari, san'atkorlar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, yigirma ikki gektarga yaqin maydonni egallagan boqqa aksiya doirasida mevali va manzaralari daraxt ko‘chatlari ekildi. Bu haqida O‘zA xabar bergan.
Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasidan ma'lum qilishlaricha, poytaxt mahallalari, xiyobonlari, ko‘chalar va ko‘p qavatli uylar atrofiga mart oyida uch yuz ming tupdan ko‘proq daraxt, buta va gul ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan.