Sudanlik odam 1 rial qarzini rasman uzdi

Jamiyat 13:29 / 09.03.2016 4677

Sudanlik kishi saudiyalik savdogarga 1 rial qarzini to‘lab berdi.

Sudanlikning aytishicha, u saudiyalikdan o‘zining do‘koni uchun mahsulotlar sotib olgan va to‘lovdan kichik summa qolib ketgan.

Saudiyalik savdogar buni qarz deb hisoblamasligi va to‘lash shart emasligini tushuntiradi, lekin qat'iyatli va halol sudanlik ikkita guvoh va xat bilan qaytib keladi.

“Men ruhan va jismonan sog‘lomligimni tasdiqlayman va 1 dirhamni qarzimni saudiyalik janobga to‘ladim” mazmunidagi xat mahalliy Sabq (Sabq) gazetasida ham chop etildi.

Ko‘proq yangiliklar: