Samsung 10-dyuymli yangi planshet tayyorlamoqda

Fan-texnika 14:24 / 09.03.2016 3009

So‘nggi paytlarda Samsung kompaniyasi o‘z ishqibozlarini yangi planshetlar chiqarmay qo‘ygani uchun xursand qila olmay yurgandi. Ammo yaqin kunlarda bu muammo ham hal bo‘ladigan ko‘rinadi. Yaqin kunlarda texnik xarakteristkasi yaxshilangan Galaxy Tab 3 Lite plansheti chiqarilishi haqida ma'lumotlar tarqaldi. Mashhur markalardan biri bo‘lmish GFXBench bazasida 10 dyuymli yangi Samsung SM-T585 modeli chiqarilganini ko‘rish mumkin.

Bu model kengaytirilgan 1920x1080 pikselli bo‘lib, sakkiz yadroli Exynos 7870 protsessori bilan jihozlangan. Uning chastotasi 1,7 GGts.ni tashkil etadi. Qurilma Mali-T830 grafik tezlatgichi bilan boyitilgan bo‘lib, 2 GB doimiy va 16 GB flesh xotiraga ega. Planshet Android 6.0.1. tizimida ishlaydi.

U haqda boshqa ma'lumotlar keltirilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: