Rolls-Royce o‘z tarixidagi birinchi kontsept-karni chiqaradi

Fan-texnika 19:38 / 09.03.2016 3090

Rolls-Royce kompaniyasi o‘z tarixida birinchi kontsept-kar yaratadi. U BMW Group’ning 2016 yilda nishonlanadigan yuz yilligi doirasida chiqariladigan 4 ta prototiplaridan biri bo‘ladi. Bu haqda Autocar nashri xabar bermoqda.

Rolls-Royce avvalroq 101EX kupesi va 102EX elektrik sedani kabi tajribaviy avtomobillar ishlab chiqargan. Biroq bu mashinalar seriyaoldi prototiplari bo‘lgan yoki ular tovar modellar negizida yaratilgan.

Rolls-Royce’ning Grand Sanctuary deb nomlanadigan yangi kontseptual mashinasi o‘ta hashamatli interer oladi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, prototip Londonda iyunda ilk bor namoyish qilinadi, so‘ngra u Gudvuddagi tezlik festivaliga olib kelinadi.

Bu festivalda MINI firmasining kontsept-kari ham namoyish qilinadi.

2016 yil kuzda esa Los-Anjyelesdagi motorshouda kompaniyaning BMW Motorrad bo‘limi tomonidan quriladigan kontseptual mototsikl namoyish qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: