Qoraqalpog‘iston Respublikasida 900 gektarga yaqin yangi tokzorlar barpo etildi

O‘zbekiston 17:30 / 09.03.2016 3549

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sohibkorlari bog‘dorchilikni rivojlantirish, sohaga xorijiy texnologiyalarni joriy etishda ilg‘or usullardan foydalanmoqda. Bog‘-rog‘lar, uzumzorlar kengaytirilib, yangilari barpo etilmoqda. Eskirgan bog‘ va tokzorlarni qayta tiklash, yangilarini barpo etishga alohida e'tibor qaratilayotir.

Tarmoqni rivojlantirish, yetishtirilayotgan mahsulotni qayta ishlash ko‘lamini yanada kengaytirish va eksport salohiyatini oshirish maqsadida keyingi uch yilda 900 gektarga yaqin maydonda yangi tokzorlar barpo etildi, mahalliy iqlim va tuproq sharoitiga mos uzum ko‘chatlari o‘tqazildi, deb yozadi O‘zA.

Jumladan, o‘tgan yili To‘rtko‘l tumanida 5 ming 364 tonna meva, 642 tonna uzum, 14 ming 611 tonna sabzavot, 12 ming tonnadan ziyod poliz mahsulotlari yetishtirilgan.

“Bu yil ham baland marralarni ko‘zlamoqdamiz. Joriy yilda 7 ming 137 tonna meva yetishtirishni rejalashtirganmiz. 30 gektar maydonda yangi uzumzor barpo etib, 8 gektar tokzorni rekonstruksiya qilmoqdamiz. 15 gektar maydonda intensiv bog‘ yaratilmoqda”, deydi tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Muratboy Tag‘anmuratov.

Ko‘proq yangiliklar: