O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Yangiobod tumani kengashi hamda tumandagi agroiqtisodiyot kasb-hunar kolleji hamkorligida “Asriy qadriyatlar – millat ko‘zgusi” loyihasi doirasida milliy liboslar ko‘rgazmasi o‘tkazilgan. Bu haqida O‘zA xabar bermoqda.
Mazkur ko‘rgazmada tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha kollejda tahsil olayotgan qizlar o‘zlari tayyorlagan milliy liboslarni namoyish etgan. Shuningdek, ko‘rgazmaga kelganlar partiyaning “Yoshlar qanoti” qoshidagi “Iste'dodli yoshlar” klubi a'zolari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlardan ham bahramand bo‘lgan.